Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yosh yong‘in o‘chiruvchi» musobaqasining respublika bosqichiga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

«Yosh yong‘in o‘chiruvchi» musobaqasining respublika bosqichiga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Foto: O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB

«Yosh yong‘in o‘chiruvchi» va «O‘zbekiston Respublikasi IX-chempionati» musobaqalarining respublika bosqichiga  tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB xabariga ko‘ra, mazkur musobaqaning birinchi bosqichi joriy yilning 1-15-aprel kunlari tuman-shahar miqyosida har bir umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, ushbu bosqichda o‘quvchilar orasidan umum jismoniy tayyorgarlik, ya’ni turnikda tortilish, 100 hamda 1000 metrga yugurish turlari bo‘yicha eng yaxshi natijalarni ko‘rsatganlar aniqlandi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, tuman-shahar terma jamoasi shakllantirildi va ikkinchi, ya’ni viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB

Musobaqaning ikkinchi bosqichi joriy yilning 1-18-may kunlari nazariy shartga ko‘ra ishtirokchilarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim saviyalari test sinovlari asosida hamda amaliy shartlarga ko‘ra «100 metrga to‘siqlar osha yugurish», «Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasiga ko‘tarilish» hamda «Yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi» turlari bo‘yicha o‘tkazilib kelinmoqda. Albatta ushbu bosqichda ham g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanmoqdalar hamda viloyat terma jamoasi shakllantirilib, uchinchi bosqichda, ya’ni respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oladilar.

Sport musobaqasining respublika bosqichi joriy yilning 30-may kunidan - 2-iyun kuniga qadar Jizzax shahrida o‘tkaziladi. 31-may kuni musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining rahbariyati, unda viloyat hokimligi, boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etishadi. Ushbu ochilish marosimida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuch va vositalarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda taniqli xonandalar tomonidan konsert dasturi tashkil etiladi.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring