Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yuventus» «Napoli»ni mag‘lub etib Italiya Superkubogini to‘qqizinchi bor qo‘lga kiritdi

«Yuventus» «Napoli»ni mag‘lub etib Italiya Superkubogini to‘qqizinchi bor qo‘lga kiritdi

Foto: EPA

Rejo-nel-Emiliya shahridagi «Mapei» stadionida Italiya Superkubogi uchun final o‘yini bo‘lib o‘tdi: «Napoli» darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritgan «Yuventus» g‘alaba qozondi — 2:0.

G‘alaba to‘plarini Krishtianu Ronaldu va Alvaro Morata 64 hamda 90+5-daqiqalarda kiritishdi. O‘yin oxirlarida neapolliklar hujumchisi Lorenso Insine penaltidan gol ura olmadi.

Shu tariqa «Yuventus» Italiya Superkubogini to‘qqizinchi marta qo‘lga kiritdi, «Keksa sinora» bungacha 1995, 1997, 2002, 2003, 2012, 2013, 2015 va 2018-yillarda ushbu sovrin sohibi bo‘lgan.

Turinliklar bosh murabbiyi Andrea Pirlo uchun bu murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrin bo‘ldi. U futbolchi sifatida uch marta Superkubok egasi bo‘lgan — ikki marta «Yuventus» (2012, 2013) va bir marta «Milan» (2004) bilan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring