Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yuventus» yana katta moliyaviy mojaroda ayblanyapti

«Yuventus» yana katta moliyaviy mojaroda ayblanyapti

Italiya federal prokuraturasi A seriyadagi 62 ta shubhali transfer bo‘yicha ish ochdi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar bermoqda.

Prokuraturaning aytishicha, bir qator transferlar narxlari oshirib ko‘rsatilgan. «Yuventus» klubi ularning ichida eng asosiy gumondor bo‘lib turibdi. Turinliklar 21 futbolchini 90 mln. yevroga sotib olishgan, lekin transferlarning haqiqiy bahosi 3 mln. yevrodan sal oshadi xolos.

Shuningdek, «Napoli» jamoasi Fransiyaning «Lill» klubidan Viktor Osimxenni sotib olgan. Umumiy miqdori 20 mln. yevro bo‘lgan ushbu transfer ortidan yana 4 futbolchi o‘tgan. Ularning uchtasi quyi seriyalarda o‘ynasa, bittasi Fransiyada qolib, o‘yinga tusha olmayapti.

2006 yilda ham «Yuventus» katta moliyaviy mojaro tufayli B seriyaga tushirib, yirik miqdorda jarimaga tortilgandi. O‘shanda klub rahbariyati o‘yinlar va hakamlarni sotib olganlikda ayblangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring