Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston OTJ Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasiga ham to‘rtta gol urib, finalga chiqdi

O‘zbekiston OTJ Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasiga ham to‘rtta gol urib, finalga chiqdi

Foto: www.the-afc.com

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yarim final uchrashuvlari yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Junubiy koreyalik tengdoshlari bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvdagi hisobni O‘zbekiston terma jamoasi sardori Zabihillo O‘rinboyev ochdi. Javohir Siddiqovning zargarona uzatmasini qabul qilib olgan O‘rinboyev to‘pni darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tkazib, gol urishga erishdi.

Ikkinchi taymda raqib futbolchilari ham o‘zlariga kelib olishdi va darovozamiz oldida bir qator xavfli vaziyatlar yaratildi. O‘yinning 58-daqiqasiga kelib esa hisob tenglashdi. Xvan Xyun Su jarima maydoniga uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘lim to‘liq o‘zbekistonlik futbolchilarning ustunligi ostida o‘tdi. Biroq o‘yinning asosiy vaqtida darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi.

Qo‘shimcha — ekstra taymlar yana O‘zbekistonning goli bilan boshlandi. Azizjon G‘aniyev uzoq masofadan raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Uchinchi gol esa butun o‘yin davomida gol urishni judayam xohlagan futbolchimiz Jasur Yaxshiboyev hisobiga yozildi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida esa Akramjon Komilov so‘nggi golni raqib darvozasiga yo‘llab, uchrashuvga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatining finaliga yo‘l oldi. Finalda ularni Qatar terma jamoasini mag‘lub etgan Vetnam futbolchilari kutib turibdi.

O‘zbekiston-Janubiy Koreya 4:1
Gollar: Z.O‘rinboyev, 33, A.G‘aniyev, 100, J.Yaxshiboyev, 110, A.Komilov 120  — Xvan Xyun Su, 58

Uchrashuv statistikasi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring