
Bugun O‘zbekistonning barcha masjidlarida Yangi Zelandiyada halok bo‘lgan musulmonlar haqqiga duolar qilinadi
Bugun, 17-mart kuni O‘zbekistondagi barcha jome masjidlarda peshin namoz ibodatidan so‘ng, Qur’oni karim tilovati va duolar qilish, shuningdek, diniy ta’lim muassasalarida xatmi Qur’onlar qilish va savobini halok bo‘lganlar ruhiga baхshida etish tavsiya etildi.