Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘jako‘rsinlik. Virtual qabulxonaga murojaat qilgan bemorga nosoz va yaroqsiz nogironlik aravachasi berildi

19/07, 13:16

Uzoq payt yelib-yugurishlarim ortidan Buxoro shahar tibbiyot birlashmaga qarashli tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘limi tomonidan nogironlik aravachasi berishdi. Biroq, undan, deyarli, foydalana olmadik. Chunki aravacha yaroqsiz va ta’mirga muhtoj edi. Qaytaga, bolamning yiqilib, jarohat olgani qoldi, xolos.