Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MDHda aviaqatnovlar: qaysi davlatda uchish xavfsiz?

MDHda aviaqatnovlar: qaysi davlatda uchish xavfsiz?

Foto: «Infreactor.org»

MDHda aviaparvozlar xavfsizlik darajasi «barqaror manfiy dinamika»ni namoyish etmoqda —  Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi(DAQ)ning yangi ma’ruzasida shunday deyiladi.

«Newsru.com» yozishicha, ma’ruzaga ko‘ra, barcha turdagi aviatsiya ishlarida parvozlar xavfsizligi mutlaq ko‘rsatkichi 2016-yildagiga qaraganda yaxshiroq, biroq fuqaro aviatsiyasi yo‘nalishida xavfsizlik borasida 2013-yildan beri eng yomon natija aynan 2017-yilda qayd etilgan.

Ma’ruza mualliflari MDHning 12 mamlakatidagi vaziyatni o‘rganishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, MDH davlatlarida 2017-yili ro‘y bergan 58 ta aviahodisaning 32 tasi halokatli, 2016-yili yuz bergan 63 ta aviahodisaning 28 tasi halokatli bo‘lgan.

Halokatlar soni oshgan, deyiladi DAQ ma’lumotlarida. 2016-yili aviahalokatdan 74 inson nobud bo‘lgan, 2017-yilda esa samolyotlardagi 72 kishi va yerdagi ikki kishi aviahodisa qurboniga aylangan.

O‘rganishlar 80 foiz holatda MDHdagi aviahodisalarga «inson omili» sabab bo‘lganini ko‘rsatdi.

Eng ko‘p aviahodisa (39 ta, shundan 20 tasi halokatli) Rossiyada kuzatildi. Halok bo‘lganlar soni — 51 kishi. Ukrainada 8 aviahodisa yetti kishining umriga zomin bo‘lgan, Qozog‘istonda 7 aviahodisa o‘n bir kishining o‘limiga olib kelgan. Shuningdek, Moldovada 4 kishi, Belarusda 1 kishi avahodisa qurboniga aylangan. Armaniston va O‘zbekistondagi aviahodisalar halokatsiz yakunlangan.

Tijoriy aviatsiyada 29 ta hodisa sodir bo‘lib, 14 tasi halokat bilan yakunlandi, 38 kishi hayotdan ko‘z yumdi (bundan tashqari, yerda ham ikki kishi o‘lgan). Umumiy foydalanishdagi havo yo‘llarida 29 ta hodisaning 18 tasi halokatli bo‘lib, 34 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring