Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

COVID-19ni yengish mumkinmi? Unga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishayotgan davlatlar

COVID-19ni yengish mumkinmi? Unga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishayotgan davlatlar

Foto: apimages.com

Tayvan, Kanada, Janubiy Koreya, Gruziya va Islandiyadagi Covid-19ga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar koronavirusni to‘xtatish mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Bugunga kelib, Qo‘shma Shtatlar koronavirus pandemiyasining yirik markaziga aylandi. Seshanba kuni e’lon qilingan epidemilogik hisobotga ko‘ra, kelgusi oylarda virusni yuqtirib olgan amerikaliklarning soni millionlardan oshib ketishi va 100,000 dan 240,000 gacha insonlar nobud bo‘lishini taxmin qilgan. Tasdiqlangan 75,000 mingdan ortiq holatlar mavjud Nyu-York shtatidagi kasalxonalar, allaqachon shamollatish va himoya vositasi kabi muhim tibbiy asbob-uskunalar yetishmovchiligini boshdan o‘tkazmoqda. Tahlillar esa, virus holati hali eng yuqori cho‘qqisiga chiqmaganligi va vaziyat yomonlashishidan darak beradi.

Pandemiya davrida AQSh prezidenti Donald Tramp va boshqa bir qator dunyo yetakchilari sekin va samarasiz harakatlari uchun tanqidga uchrashdi. Chunki, koronavirus faqat Xitoygagina taalluqli emasligi ayon bo‘lgandi. O‘z navbatida, Tayvan, Singapur va Janubiy Koreya singari davlatlar virusni jilovlash bo‘yicha muvaffaqiyatga erishganliklari xabar berildi.

Hozirgi kunda, mamlakatlar inqirozga qarshi harakatlar amalga oshirar ekan, biz oxirgi haftalarda dunyo bo‘ylab hukumatlar va fuqarolarning Covid-19 tahdidiga qanday munosabatda bo‘layotganliklari borasidagi intervyularni to‘pladik.

Tayvanda atigi 329 ta holat qayd etilgan

Tayvan joriy yilning 21 yanvarida birinchi koronavirus holatini qayd etdi. Ammo, u yerda tasdiqlangan holatlar soni atigi 329 tani tashkil etib, 1-aprelga qadar 5 kishi vafot etdi.

16 mart kuni Hilton Yipning yozishicha, Tayvan hukumati Uxandagi sirli kasallik xabarini eshitishi bilanoq harakatga kirishdi. Oradagi masofa atigi 100 mil bo‘lgan Tayvan 31 dekabr kuni Xitoydan kelayotganlarni tekshirishni boshlagan. Karantindagi odamlarni kuzatib borish tizimi o‘rnatildi va yanvar oyida tibbiy uskunalar ishlab chiqarish kengaytildi. (Tayvan hozircha tibbiy buyumlarni, shu jumladan jarrohlik va yuz niqoblari eksportini qayta tiklamagan).

Yipga ko‘ra, Tayvanning erishgan natijasi pandemiyaga qarshi erta va samarali javob berganligi bilan bog‘liq.

«Tayvan o‘zining ulkan qo‘shnisi bilan bog‘liq barcha muammolarni – soxta yangiliklar, harbiy tahdidlar, 2003-yil SARS tarqalishi paytida tibbiy ma’lumotlarning yashirinligini hisobga olib, har qanday muammo yuzaga kelganda mamlakat o‘zini to‘liq himoya qilishi kerakligini biladi», deb yozadi u.

Janubiy Koreya ommaviy test o‘tkazdi

Xitoydan tashqarida virus dastlab eng ko‘p avj olgan Janubiy Koreya yangi koronavirus holatlari tarqalishini sekinlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

23-mart mart kuni Devi Sridhar, Janubiy Koreya hukumati mamlakatda qilingan ommaviy test kasallikning oldini olishda muhim omil bo‘lgani va bundan boshqa davlatlar saboq olishi kerakligini yozadi. Qariyb 51 million aholiga ega davlat har kuni 20,000dan ortiq odamni belgilangan sinov hududlarida testdan o‘tkazdi va JSST tavsiya etganidek virus zanjirini sindirish uchun izolyasiyalash kabi usullardan foydalandi.

«Janubiy Koreyaning chora-tadbirlari oxir-oqibat virus tarqalishini kamaytirish va o‘lim ko‘rsatkichlarini dunyodagi eng past darajada saqlashda yordam berishini ko‘rsatdi», deya qayd etgan Sridhar.

Kanadada Covid-19 uchun test topshiruvchilar soni cheklanmagan

G‘arbda Kanada qo‘shnisi Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaraganda ko‘proq keng miqyosli sinovlarni o‘tkazishga erishdi. Bu haqda Jastin Ling 13-mart kuni yozgan edi. Yanvar va fevral oylarida Kanada tibbiy infratuzilmani yaxshilashni boshladi. Dastlabki choralar qisman 2003-yil SARS tarqalishidagi mamlakat tajribasidan kelib chiqqan. O‘shanda Kanada Osiyodan tashqarida virusdan o‘lganlar to‘g‘risida xabar bergan yagona mamlakat bo‘lgandi.

Kanadada sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi moliyalashtirilgan va uning mezonlari mavjud. Covid-19 uchun test topshirishi mumkin bo‘lganlar AQShda bo‘lgani kabi cheklanmagan.

«So‘nggi yigirma yil davomida Kanada ushbu daqiqalarga tayyorgarlik ko‘rdi. Ishlarni erta ko‘rib chiqish va ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganish orqali Kanada shu paytgacha virusning ta’sirin yengib o‘tdi» deb, yozgan Ling.

Gruziyada o‘lim holati ro‘y bermadi

Ba’zi muvaffaqiyat hikoyalari kutilmagan. «Yuzingizga tegmang!» podkastida siyosatchi Emiy Makinnon Gruziya davlatining dastlabki choralarini ta’kidladi. Unga ko‘ra, og‘ir iqtisodiyotga qaramay mamlakat fevral oyining oxirida jiddiy choralar ko‘rishni boshladi. Maktablarni yopish va keng diagnostika sinovlarini o‘tkazish shular sirasidan. Gruziya shu paytgacha virus bilan 117 ta holatni tasdiqladi va o‘limlar yo‘q.

«Menimcha, hukumat boshidan holatni jiddiy qabul qilgani yordam berdi», degan gruziyalik jurnalist Nataliya Anatelava Makinnonga. Anatelavaning qo‘shimcha qilishicha, Gruziya inqirozga chiniqqan mamlakat. 2008 yildagi fuqarolik urushi, Rossiyaning bosqini va Sovet Ittifoqi qulaganidan keyingi 90 yillar juda og‘ir davrlarni boshdan kechirgan.

Islandiyada ham ahvol qoniqarli

Shuningdek, Makinnon Yelena Kris ismli jurnalistdan intervyu oldi. Buning sababi, Islandiyada dunyoning boshqa davlatlariga qaraganda odam boshiga nisbatan ko‘proq virus testi o‘tkazildi. Buni Reykyavikda joylashgan xususiy tibbiy-tadqiqot kompaniyasi olib bordi. Krisga ko‘ra, ushbu ish virusning keng aholi orasida qanday tarqalishini aniqroq tasavvur qilish maqsadida bajarilgan. U virusga duchor bo‘lgan odamlarni karantin qilishning dastlabki choralari tufayli o‘sish eksponent emasligini aytgan.

Shvetsiya hamon qulflanmagan

Butun Yevropadagi ko‘plab davlatlar qulf ostida qolmoqdalar. Ammo, Shvetsiya bundan mustasno. Balki, u virusning yuqori avj olgan davrida turg‘un bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda 4,947 ta holat qayd etilgan. Lekin, hukumat o‘ziga xos yuqori ishonch madaniyati odamlarning javobgarlikka tortilmasliklarini talab qilmoqda, degan 24 mart kuni Stokgolmdan Natali Rotshild.

«Bu yerda fuqarolar o‘zlarini majburlashlarini, shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlarini va olomonni chetlab o‘tishlarini, uydan chiqib ishlashlarini, jamoat transportida uzoq masofanni bosib o‘tishlari va hakazolarni kutishmoqda», deb yozadi u. Keyingi ikki hafta bu aniq hisob-kitob qilinishi mumkin.

Virus Putin uchun jiddiy siyosiy qiyinchilik

Boshqa joylarda esa, fuqarolar o‘z hukumatlarining tajribasiga unchalik ishonmaydilar. Rossiyada kundalik hayot mart oyining o‘rtalariga qadar davom etdi. Shunda tibbiy mutaxassislar Covid-19 infeksiyasining past ko‘rsatkichini ko‘rsatayotgan rasmiy statistikani so‘roq qilishni boshladilar. Keyin hukumat tezda chegaralarni yopishga va katta iqtisodiy rag‘batlantirish rejasini e’lon qilishga harakat qildi, deb yozdi siyosatshunos Reid Stendish Moskvadan bergan xabarida.

«Agar virusning haqiqiy hajmi rasmiy statistikada ko‘rsatilganidan yuqori bo‘lsa, bu Rossiya hukumati pandemiyani sekinlashtirish imkoniyatini qo‘ldan boy berganini anglatadi», deya ta’kidlagan u. Ikki hafta o‘tgach, koronavirus prezident Vladimir Putin uchun jiddiy siyosiy qiyinchilikka olib kelishi mumkinligi ayon bo‘la boshladi, deya qayd etgan Standish.

Eron virus xavfining mohiyati bilan umuman tanish bo‘lmagan

Eron keltirgan statistika bo‘yicha jiddiy shubha mavjud. Rasmiy ravishda 1-aprelga qadar 47,593 ta koronavirus holati va 3,036 ta o‘lim hollari qayd etilgan. Haqiqiy raqamlar ancha yuqori, bu esa Eronni virus epitsentriga aylantiradi, deydi Maysam Behravesh.

Yanvar oyida Xitoyda koronavirus avjiga chiqqanida Eron rasmiylari mamlakatlar o‘rtasidagi sayohatni cheklamagan va Qom shahridagi birinchi o‘lim holati e’lonini kechiktirgan. O‘shandan beri ko‘plab yuqori martabali shaxslar virusdan vafot etdi.

Behraveshga ko‘ra, Eron koronavirusning sog‘liqqa keltirib chiqaradigan ulkan tahdidini e’tiborsiz qoldirgani, xavfning mohiyati bilan umuman tanish bo‘lmaganidan darak beradi.

«Axir, virus ichki qo‘zg‘olon yoki rejimni o‘zgartirishga qaratilgan xorijiy aralashuv emas, balki ilmiy asoslangan va zarur choralarni talab qiladigan butun jamiyatga qarshi qo‘zg‘aluvchan ko‘rinmas xavf», deb yozadi u.

Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring