Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘lim darajasi yuqori va past mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

O‘lim darajasi yuqori va past mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

The World Factbook (MRB) 2022-yil uchun mamlakatlarning o‘lim darajasi reytingini tuzdi.

Reyting har 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan o‘limlar soni koeffitsiyentiga asoslangan.

Ushbu reytingda o‘lim darajasi eng yuqori mamlakatlar sifatida Serbiya (16.39 — mamlakatda yashovchi har 1000 kishiga o‘rtacha 16,39 tadan o‘lim to‘g‘ri kelmoqda), Ruminiya (15.26) va Litva (15.12) ko‘rsatilgan.

O‘lim darajasi yuqori mamlakatlar yetakchi o‘nligida asosan sobiq ittifoq mamlakatlari: Latviya (4-o‘rin), Ukraina (6), Rossiya (7), Estoniya (8), Belarus (9).

Moldova — 12-o‘rinda, Armaniston — 47, Qozog‘iston — 85, Ozarbayjon — 119, Qirg‘iziston — 151, Turkmaniston — 162, Tojikiston — 172, O‘zbekiston (5.41) — 185-o‘rinda.

Jami 229 mamlakatni qamrab olgan reytingda o‘lim darajasi eng past mamlakat sifatida Qatar (1.42) ko‘rsatilgan. BAA da ham o‘lim ko‘rsatkichi past — har 1000 kishiga 1,56 ta o‘lim holati.

Jahonda bo‘yicha o‘rtacha o‘lim ko‘rsatkichi har ming kishiga 7,7 tani tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring