Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda qaysi sohada eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi?

O‘zbekistonda qaysi sohada eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi?

AKT sohasining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,2 foizni tashkil qilmoqda.

Foto: «Analizy Online»

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bugungi kunda jahon iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot tarmoqlarini yuksaltiruvchi, harakatga boshlovchi kuchga aylangan mazkur yo‘nalish barcha sohalarning iqtisodiy jarayonlarini sezilarli darajada o‘zgartirib, yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Shuningdek, axborot texnologiyalarining rivoji — insonning aqliy mehnati, ilm va tafakkurining mevasi bo‘lgan axborot hamda mahsulotlarga asoslangan yangi turdagi iqtisodiyotning tashkil topishi uchun ham zamin yaratmoqda.

Bunga AKT sohasining mamlakatimizdagi o‘sish sur’atlari misolida ham guvoh bo‘lish mumkin. Xususan, 2017-yilda aloqa va axborotlashtirish sohalarida ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori 7,9 trln. so‘mni tashkil qilgan. Shundan 232,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar dasturiy ta’minot mahsulotlariga doir xizmatlar ulushiga to‘g‘ri keladi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi davlat statistikasi qo‘mitasi ma’lumotida.

O‘zbekistonda valyuta bozorining erkinlashtirilishi hamda 2017-yilning sentyabrida xorijiy valyuta kursi keskin ko‘tarilishiga qaramasdan, aloqa xizmatlari tariflarida narxlarning o‘sishi kuzatilmadi.

2016-yil bilan solishtirib ko‘rilganda, yangi texnologiyalarni joriy qilish va xizmatlar sonining oshirilishi, xizmat ko‘rsatish hududlari hamda doirasining kengaytirilishi hisobiga sohada xizmat ko‘rsatish hajmi 124,0 foizga (solishtirma narxlarda 115,6 foiz) oshgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanishi moddiy ishlab chiqarish sohalaridagi o‘sish sur’atini ortda qoldirmoqda. Jumladan, 2017-yilning yanvar-dekabr oylarida yalpi ichki mahsulot (YaIM)da xizmatlar sohasi ulushi 47,3 foizni tashkil qilgan.

2017-yilning yanvar-dekabr oylarida xizmatlar hajmi 116795,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 8,9 foizga o‘sdi. Yuqori o‘sish sur’atlarini tovarlarni kredit kartalari orqali to‘lovlar, internet orqali savdolar  kabi yangi xizmat turlarini paydo bo‘lishi, yangi savdo markazlari, ovqatlanish majmualari, mehmonxonalarning ishga tushishi, ta’lim va ko‘ngilochar xizmatlarining kengayishi bilan izohlash mumkin.

Shuningdek, qayd etish joizki, O‘zbekistonda valyuta bozorining erkinlashtirilishi hamda 2017-yilning sentyabrida xorijiy valyuta kursi keskin ko‘tarilishiga qaramasdan, aloqa xizmatlari tariflarida narxlarning o‘sishi kuzatilmadi.

Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatishda asosiy ulush (87,3 foiz) telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa, internet tarmog‘i, teleradiouzatish va boshqalar) hissasiga to‘g‘ri keldi.

2017-yilda AKT sohasiga jalb qilingan investitsiyalar miqdori 1,891 trln. so‘mni (o‘sish sur’ati 168,7 foiz), jumladan xorijiy investitsiyalar ulushi 1,557 trln. so‘m (o‘sish sur’ati 2,2 barobar)ni tashkil qilgan.

Hozir AKT sohasining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,2 foizni tashkil qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring