Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda bir daqiqada nimalar yuz beradi?

Xitoyda bir daqiqada nimalar yuz beradi?

Foto: «YouTube»

E’tiboringizga «Jenmin jibao» nashri Butunxitoy xalq vakillari oxirgi sessiyasi uchun to‘plagan ma’lumotlarni taqdim etamiz.

«Aql bovar qilmas tezlik»: texnologiyalar, jamiyat

Bir daqiqada:

Xitoydagi konveyerlardan 55 ta avtomobil chiqadi, 1,2 ming tonna don ishlab chiqariladi, 52,8 mln. yuanlik ($8,3 mln.) mahsulot sotilib, 157 mln. yuanlik ($24,8 mln.) yalpi milliy mahsulot ishlab chiqariladi.

Mobil to‘lov tizimlari orqali 379 mln. yuan ($60 mln) to‘lov, 46,8 ming gigabayt ma’lumot uzatiladi, onlayn do‘konlarda 10,4 mln. yuanlik ($1,6 mln.) tovar va xizmatlar sotiladi, kurerlar esa 76 mingta jo‘natma qabul qilishadi va yetkazib berishadi.

Bularning barchasi 40 yillik islohotlar va ochiqlik siyosati mahsuli. Xitoy yangi asrda yangi marralarni ko‘zlamoqda, o‘z madaniyatini, innovatsiyalari va texnologiyalarini jahonga ko‘proq olib chiqmoqchi.

«Barcha uchun porloq kelajak»

Bir daqiqada:

Xitoy aeroportlaridan ikkita xalqaro reys parvozi amalga oshadi — 272 nafar xitoylik sayyoh dunyoni o‘rganish uchun chiqadi. Xitoylik sayyohlar xorijda daqiqasiga 360 ming dollargacha sarflashadi. Bu paytda 55 nafar chet ellik Xitoy madaniyati bilan oshno bo‘lish uchun bu mamlakatga kirib keladi.

Bir daqiqada dunyo bo‘ylab 2,3 ming donadan ortiq Xitoyda chiqarilgan mobil telefon sotiladi. Xitoyni Yevropa bilan bog‘lovchi temiryo‘l ekspressi 60 soniyada 2 kilometr yo‘lni bosib o‘tadi.

Bir daqiqada Xitoy $4,6 millionlik tovarlarni eksport qilib, $3,7 millionlik chet el mahsulotlarini import qiladi. Bir daqiqada Xitoyning xorijdagi sarmoyalari 237 ming dollarga ko‘paymoqda. Bu vaqt ichida Xitoy kompaniyalarining chet eldagi bo‘linmalari o‘sha mamlakatlar g‘aznasiga 57 ming dollardan soliq to‘lamoqda.

«Uzoq yo‘l bir qadamdan boshlanadi»

Xitoy ishchilari bir daqiqada 596 metr yo‘l qurishadi, Gonkong-Chjuxay-Makao ko‘prigi suv osti tunnelini ular 16 soatda bitkazishdi, Pekindagi ko‘p polosali Sanyuan avtomobil ko‘prigini bor-yo‘g‘i 43 soatda qaytadan qurib o‘rnatishdi, 60 kun ichida xitoylik neftchilar tarixda birinchi bo‘lib Janubiy Xitoy dengizi tubidan rekord darajada ko‘p «qaynoq muz» (suv va tabiiy gaz aralashmasi) qazib olishdi.

Oddiy odamlar, ishchilarning mashaqqatli mehnatlari evaziga baxtga erishiladi, dedi XXR raisi Si Szinpin.

Xitoy mo‘’jizasining siri har bir tomchi peshona terida yashiringan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring