Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-sinfga qabul jarayoni 6-iyuldan boshlanadi

1-sinfga qabul jarayoni 6-iyuldan boshlanadi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 6-iyulidan 2020-2021 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinf o‘quvchilarining qabul jarayoni boshlanmoqda.

Pandemiya sharoitini inobatga olgan holda, 1-sinfga o‘quvchilarning hujjatlari:

  • 6-31 iyul kunlari biriktirilgan mikrohudud doirasida;
  • 1-25 avgust kunlari maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib mikrohududdan tashqari qabul qilinadi.

Shuningdek pandemiya sharoitida ota-onalarning maktablarda to‘planib qolishini oldini olish maqsadida Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni qabul.maktab.uz orqali (5 iyuldan) onlayn navbat asosida amalga oshiriladi. Dastur Toshkent shahrida muvaffaqiyatli tatbiq etilsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

2020-2021 o‘quv yilida Respublika bo‘yicha jami 650 116 nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring