Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2020-yildan test sinovisiz o‘qishga kirish mumkin bo‘ladi

2020-yildan test sinovisiz o‘qishga kirish mumkin bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yildan boshlab bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladigan yana bir o‘zgarish – chet (ingliz, nemis, fransuz va sharq) tillaridan tashqari, masalan, o‘zbek tili, rus tili, matematika va boshqa umumta’lim fanlaridan ham sertifikat berilishi joriy etilishi mumkin. Bu haqda davlat test markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirda ushbu tartib yuzasidan tegishli takliflar berilgan. Takliflarga ko‘ra test sinovlarini soddalashtirish, abituriyentlarga qulaylik va imkoniyatlar yaratish maqsadida barcha umumta’lim fanlaridan xuddi shunday sertifikat berilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Abituriyentlar umumiy yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasini tugatmay turib ham bunday imkoniyatdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Prezidentimizning murojaatnomalarida qayd etilganidek, yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirayotgan paytda shu fan bo‘yicha qayta sinovdan o‘tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi.

Demak, abituriyent oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlariga qadar kerakli umumta’lim fanlaridan sertifikat olsa, test sinovida ishtirok etmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlovda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ayni paytda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ushbu tartibni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring