Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

8 ta institut va 2 ta universitet tashkil etildi

8 ta institut va 2 ta universitet tashkil etildi

Prezident «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan.

Unga ko‘ra:

  • Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti;
  • Namangan davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika instituti;
  • Guliston davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti;
  • Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti negizida O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
  • Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat pedagogika instituti;
  • Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti;
  • Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Termiz davlat pedagogika instituti;
  • Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
  • Chirchiq davlat pedagogika instituti negizida Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti negizida Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:

  • pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari "4+2" tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib boriladi;
  • har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-o‘qituvchilarini ushbu muassasalarning budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan xorijiy davlatlarga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari ko‘riladi.

2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. 1-ilovada ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring