Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

80 yoshli Nikolay Staxanov o‘zbek filologiyasi fakultetiga hujjat topshirdi

80 yoshli Nikolay Staxanov o‘zbek filologiyasi fakultetiga hujjat topshirdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentlik 80 yoshli Nikolay Staxanov O‘zbekiston Milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga hujjat topshirdi.

Bugun, 8-avgustda Nikolay Staxanov imtihon topshirdi. Imtihon natijalari soat 16.00da aniq bo‘lishi lozim.

Staxanov 1965-yilda xalq xo‘jaligi institutini buxgalteriya yo‘nalishi bo‘yicha bitirib, uzoq yillar qurilish trestida bosh buxgalter o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ayni vaqtda nafaqada. Uning bir o‘g‘il va bir qizi bor.

Nikolay Staxanov faol turmush tarzi olib boradi, sportning suzish turi bilan muntazam shug‘ullanadi. U 80 yoshida universitetga hujjat topshirganini shunday izohladi: «Men shu yurtni juda yaxshi ko‘raman. O‘zbek xalqiga bo‘lgan hurmatim juda baland. Maqsadim — universitetni bitirib, diplom olgandan so‘ng o‘zbek tili va adabiyotidan dars berish...»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring