Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amiti universitetida 170 dan ortiq maktab direktorlari yig‘ildi

Amiti universitetida 170 dan ortiq maktab direktorlari yig‘ildi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 12-yanvar kuni Toshkent shahridagi Amiti universitetida o‘rta-ta’lim maktablari direktorlari bilan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda 170 dan ortiq maktablardan direktor va rahbar xodimlar ishtirok etdilar.

Foto: «Xabar.uz»

Xalqaro tadbir Birlashgan Arab Amirligining Dubay va Abu-Dabi shahrilarida joylashgan Amiti maktabi bilan birgalikda onlayn tarzda olib borildi.

Uchrashuvda Amiti universiteti rahbariyati hamda Dubay shahridagi Amiti maktabining direktorlari va mutaxassislari o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar hamda global ta’lim tendensiyalari haqida ma’lumot ulashdilar.

Foto: «Xabar.uz»

Seminarning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi o‘rta-ta’lim maktablarida AKT yo‘nalishini rivojlantirish, matematika va ingliz tili fanlariga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar yakunida nafaqat ikki ta’lim muassasasi vakillari o‘rtasida, balki ikki mamlakatning malakali o‘qituvchilari bilan birgalikda talaba va maktab o‘quvchilariga turli sohadan qiziqarli tadbir va treninglar o‘tkazish maqsad qilib qo‘yildi.

Foto: «Xabar.uz»

Bu tadbir Toshkent shahridagi Amiti universiteti tomonidan maktablar uchun amalga oshirilayotgan ko‘makning boshlanishi bo‘lib, kelgusida axborot texnilogiyalari, matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun chuqurlashtirilgan dasturlar, shuningdek maktab o‘quvchilari uchun alohida o‘quv kurslari joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring