Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amiti Universitetida maktab direktorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Amiti Universitetida maktab direktorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: «MITC.UZ»

Toshkent shahridagi Amiti universitetida umumiy ta’lim maktab direktorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon loyihasi mazmunida suhbat olib borildi.

Unda kelgusi yilda umumiy ta’lim maktablarida axborot texnologiya yo‘nalishini rivojlantirish, o‘quvchilarning salohiyatini oshirish va ilm darajalarini oshirish maqsadlari ko‘zda tutilgan.

Bunda Toshkent shahridagi Amiti universiteti mutaxassislari ham faol ishtirok etib, kelgusida umumiy maktablarda zamonaviy o‘quv metodikalarni joriy etishga, axborot texnologiya yo‘nalishidagi fanlarni takomillashtirishga ko‘maklashadi. Jumladan, umumiy ta’lim maktab o‘quvchilari uchun uchrashuvlar, vebinarlar va o‘zaro tadbirlar tashkillashtirishi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring