Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijondagi maktab stadioni o‘rnida qurilgan bino buziladi

Andijondagi maktab stadioni o‘rnida qurilgan bino buziladi

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Xabar.uz tahririyatiga Andijon viloyati Paxtaobod tumani 13-maktab jamoasi va o‘quvchilar ota-onalaridan murojaat kelib tushgani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, ta’lim muassasasining sport maydoni noqonuniy sotib yuborilgani va bugungi kunda sud qaroriga ham qaramasdan stadion o‘rnida qurilishlar ketayotgani, maktabda jismoniy tarbiya va sport to‘garaklari faoliyati to‘xtab qolgani qayd etilgandi.

Holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi rasmiy munosabat berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat viloyat hokimligi tomonidan  nazoratga olinib, ishchi guruh tuzilgan va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

«O‘rganish davomida qonun buzilish holatlariga chek qo‘yilib sud qaroriga asosan qurilishi tugallanmagan binoni buzish choralari ko‘rilmoqda.

Holat nazorat ostida ekanini va bu haqda batafsil axborot berilishini ma’lum qilamiz», deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring