Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh kompaniyasi Toshkentdagi institutda o‘quv markazi ochdi

AQSh kompaniyasi Toshkentdagi institutda o‘quv markazi ochdi

Foto: Institut matbuot xizmati

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida «John Deere» kompaniyasining o‘quv markazi va texnikalarga boy paviloni foydalanishga topshirildi. Bu haqda institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov xabar berdi.

Hozirda qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnika va texnologiyalar keng joriy etilmoqda. Bu o‘z navbatida mazkur texnika va texnologiyalar bilan ishlay oladigan muhandis-kadrlar tayyorlashni talab etadi. Bu borada nafaqat AQShda, balki butun dunyoda o‘z ilg‘or texnologiyalari va zamonaviy texnikalari bilan taniqli bo‘lgan «John Deere» kompaniyasi hamkorlik qo‘lini cho‘zdi.

Foto: Institut matbuot xizmati

«John Deere» kompaniyasining O‘zbekistondagi  rasmiy dileri «Landtech» qo‘shma korxonasi bilan memorandum imzolanib, bu maqsadga erishish yo‘lida amaliy ishlar boshlandi. Buning natijasi o‘laroq, joriy yilning 6 sentyabr kuni institut V-o‘quv binosida kompaniyaning o‘quv markazi va texnikalarga boy paviloni foydalanishga topshirildi.     

Foto: Institut matbuot xizmati

Tadbirda institut rektori O‘ktam Umurzoqov, prorektorlar Bahodir Mirzayev, Tohirjon Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri – Inomjon Majidov, «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ raisi – Nodir Otajonov, AQShning O‘zbekistondagi elchisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari – Erik Salsman, «John Deere» kompaniyasi «CISEG GROUP» rahbari – Jeyson Xant, «John Deere» kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dileri «Landtech» qo‘shma korxonasi texnik direktori – Nil Kinsey va boshqalar ishtirok etishdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring