Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh prezidentlari o‘qigan universitet O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi

AQSh prezidentlari o‘qigan universitet O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi

16 iyul kuni Nyu-Yorkda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va «IVY - League»ga kiruvchi Kolumbiya universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandum O‘zbekistonning moliyaviy-iqtisodiy sohada faoliyat yuritayotgan rahbarlarning malakasini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini amalga oshirish maqsadida imzolangan ilk hujjat hisoblanadi.

Agentlik direktori Otabek Nazirov, Nyu-York shahrida joylashgan Kolumbiya universiteti, Moliya sanoati markazida joylashgan hamda moliya sanoati bilan bog‘liq akademik asos va munosabatlarga ega bo‘lgan yetakchi universitetlardan biri ekanini ta’kidladi.

Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikada shu kabi dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan professor Emiki O‘zbekiston moliyaviy infratuzilmasini rivojlantirishda agentlikning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ilmiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Dastlabki bosqich natijalariga ko‘ra, tomonlar Kolumbiya universitetining agentlik bilan birgalikda joriy yilning kuzida Toshkentda qator treninglar va seminarlar o‘tkazishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, Kolumbiya universiteti 1754 yilda tashkil etilgan AQShning eng qadimgi ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, «IVY - League»ni tashkil etuvchi sakkizta Amerika universitetlaridan biri hisoblanadi. Uning bitiruvchilari ko‘plab taniqli olimlar hisoblanib, davlat va siyosat arboblari, shu jumladan, 3 nafar AQSh prezidenti, 96 ta Nobel mukofoti laureatlari va 29 ta davlat rahbarlari bo‘lishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring