Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning «Webster» universiteti vitse-prezidenti talabalar bilan uchrashdi

AQShning «Webster» universiteti vitse-prezidenti talabalar bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

20-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AQShning «Webster» universiteti vitse-prezidenti Djon Payl, TATU rahbariyati hamda TATUda AQShning «Webster» universiteti «Biznes boshqaruvi (MBA)» magistratura yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Vitse-prezident TATUda AQShning «Webster» universiteti «Biznes boshqaruvi (MBA)» magistratura yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish jarayoni bilan tanishdi, hujjat topshirayotgan talabalar bilan ta’lim jarayoni haqida suhbatlashib oldi.

Foto: «Mitc.uz»

Bundan tashqari, Toshkent shahrida AQShning «Webster» universiteti filialini tashkil etish va 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarni qabul qilinishini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama etdi.

Ma’lumot o‘rnida: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQShning Vebster universiteti (Webster University, George Herbert Walker School of Business and Technology) Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yo‘nalishi) o‘quv dasturi asosida «Loyihalarni boshqarish» yo‘nalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlangan va o‘qishga qabul qilish davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring