Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!»

«Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!»

Foto: Chirchiq davlat pedagogika instituti

Toshkent viloyatining Chirchiq davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan «Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!» mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Chirchiq shahar vakilligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan uchrashuvda institut rektori G‘. Muhamedov ishtirok etdi. Rektor o‘z so‘zida o‘tgan chorak asrdan oshiqroq vaqt mobaynida turli yot g‘oyalarga, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelingani, endi esa tinchlikni asrab-avaylashda avvalo, yoshlarni yot g‘oyalarga qarshi kurashish ruhida tarbiyalashimiz kerakligi, bunda bo‘lajak pedagoglarning o‘rni beqiyosligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Chirchiq shahar Bosh imom xatibi A. Abrayev, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chirchiq shahar bo‘limi rahbari M. To‘rayeva, institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori B.E.Xusanov ham diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

Foto: Chirchiq davlat pedagogika instituti

Tadbir davomida pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi Sherzod Xoliqov, tarix va tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabasi Muslima Muxammadjonova talaba-yoshlar nomidan so‘z olib diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va bu kurashning asosini ta’lim, bilim va fanni mukammal o‘zlashtirish va mustahkam egallash orqali amalga oshirilishi zarurligini ta’kidladilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga «Tafakkur ehtiyoji» nomli film namoyish qilindi. Shuningdek, talabalar tomonidan «Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!» mavzuida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada 44 ta rasm namoyish qilindi. Mazkur ko‘rgazma 3 kun davomida Chirchiq shahridagi umumta’lim maktab o‘quvchilariga, kasb-hunar kolleji talabalariga va mahallalardagi uyushmagan yoshlarga namoyish qilinish uchun qoldirildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring