Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugundan «hokimlar uchun besh yillik» boshlanishi e’lon qilindi

Bugundan «hokimlar uchun besh yillik» boshlanishi e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida barcha darajadagi hokimlar bir narsani chuqur anglab yetishi kerakligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari o‘qitish metodikasi, darsliklar, partadan tortib, binosigacha to‘liq qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Muallimlarga munosib sharoitlar yaratiladi, ularning bilim va malakasi, dars o‘tishiga talab ham tubdan kuchaytiriladi.

«Barcha darajadagi hokimlar bir narsani chuqur anglab yetishi kerak —  bugundan «hokimlarning maktabga e’tibor qilish besh yilligi» boshlanadi», — dedi Prezident.

Tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab ta’limini isloh qilish kengashlari tuziladi.

«Respublika kengashiga shaxsan o‘zim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh bo‘ladi.

Nima uchun, kengashlar qilyapmiz? Chunki bu ishlarni, albatta xalqimiz bilan, keng jamoatchilik bilan kengashib, ularning fikrlari asosida amalga oshiramiz. Har bir yangilikni o‘qituvchilar, mutaxassislar, ota-onalar bilan bamaslahat kiritamiz», dedi Prezident.

Prezident maktab ta’limi islohotining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Eng avvalo, kelgusi besh yilda 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratilishi lozim. Ushbu maqsadlar uchun joriy yilning o‘zida 527 ta maktabni qurish va rekonstruksiya qilishga 2,5 trillion so‘m ajratildi. Bu mablag‘ yanada ko‘paytiriladi.

«Bir narsani aniq tushunish kerak. Yangi qurilayotgan va ta’mirlanayotgan maktablar ham o‘quvchilar, ham pedagoglar uchun qulay va moslashuvchan bo‘lishi kerak. Yangi qurilayotgan maktablarda quyosh paneli va issiq suv kollektori albatta bo‘lishi shart.

Bu ishlar bilan endi joylarda viloyat, shahar va tuman hokimlari shug‘ullanadi. Bugundan boshlab Xalq ta’lim vazirligining qurilishga buyurtmachi bo‘lish vakolati tugatiladi.

Mutasaddilar va viloyat hokimlariga bir oy muddatda yangi talablardan kelib chiqib, «namunaviy maktab» loyihalarini taqdimot qilish topshirildi.

«Endi yangi maktablar mahalla faollari, ota-onalar va jamoatchilik nazorati ostida quriladi va foydalanishga qabul qilinadi», dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring