Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bundan buyon ixtisoslashgan maktablar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etiladi

Bundan buyon ixtisoslashgan maktablar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida maktablarda, ayniqsa ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim va tarbiya sifatini tubdan oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

«2025-yilga qadar yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollarga yetkazishni va eksport hajmini 30 milliard dollardan oshirishni reja qilganmiz.

Buning uchun biz, eng avvalo, hozirgi zamon talablariga mos keladigan va zarur bilimlar bilan qurollangan, mantiqiy fikrlaydigan, liderlik qobiliyatiga ega bo‘lgan vatanparvar yosh avlodni tayyorlashimiz kerak»,dedi Prezident yig‘ilishda.

Shu munosabat bilan soha mutasaddilari va viloyat hokimlariga ishni quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etish topshirildi:

- yangi o‘quv yilidan boshlab, viloyat markazlaridan, katta shahar va tumanlardan 2 tadan, tuman va shaharlardan 1 tadan ixtisoslashgan maktablar Xalq ta’limi vazirligidan Prezident ta’lim muassasalari agentligiga o‘tkaziladi;

- bunda, tuman va shaharlardagi sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanganligi, bu hududlarda azaldan kuchli o‘qitilgan fanlardan kelib chiqib, maktablar ixtisoslashishi kerak;

- bundan buyon ixtisoslashgan maktablar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring