Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Endi maktabda o‘qimaganga ham attestat beriladi» maqolasiga vazirlik izoh berdi

«Endi maktabda o‘qimaganga ham attestat beriladi» maqolasiga vazirlik izoh berdi

Foto: Xabar.uz

Bir necha ommaviy axborot vositalarida «Endi maktabda o‘qimaganga ham attestat beriladi» mavzusida maqolalar chop etildi. Mazkur maqolalar bo‘yicha O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi izoh berdi:

O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida umumiy o‘rta ta’limning majburiy ekanligi belgilangan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi va umumiy o‘rta ta’limning majburiy ekanligi inobatga olib maktablarga o‘quvchilar 18 yoshgacha jalb etiladi.

Shu bilan birga, o‘quvchilarning bilim olish huquqini ta’minlash va ta’limning keyingi bosqichini davom ettirishiga imkoniyat yaratish maqsadida voyaga yetib, maktab yoshidan oshgan, turli sabablarga ko‘ra maktabni yakunlay olmagan yoki majburiy ta’limga jalb etilmay qolgan 18 yoshga to‘lgan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarni topshirish huquqi beriladi. Yakuniy attestatsiyalarni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolargagina belgilangan tartibda ma’lumot to‘g‘risida hujjat (shahodatnoma) beriladi.

Bu haqida Xalq ta’limi vazirining 2015-yil 13-apreldagi «Eksternat to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i (Adliya vazirligidan 11.05.2015-yil ro‘yxatdan o‘tgan) qabul qilingan.

Shu o‘rinda Xalq ta’limi vazirligi keng jamoatchilikka umumiy o‘rta ta’limning majburiyligini yana bir bor eslatib o‘tadi. OAV vakillarini noto‘g‘ri ma’lumotlarni chop etmaslikka chaqiradi, deyiladi Xalq ta’limi vazirligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring