Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikkinchi sinf o‘quvchisining qo‘liga urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Ikkinchi sinf o‘quvchisining qo‘liga urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Foto: «Edu.uz»

Internet nashrlarida e’lon qilingan «Maktabda janjal: Toshkentda direktorning qarindoshi o‘quvchilarni ayovsiz kaltaklayapti» jurnalistik surishtiruviga Xalq ta’limi vazirligi izoh bildirib o‘tdi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Joriy yilning 19 martida Uchtepa tumanidagi 245-umumta’lim maktabida 2-«V» sinf o‘quvchisi A. A. sinf rahbari N.T. tomonidan doskaga chaqirilgan. O‘qituvchi o‘quvchining javobidan qanoatlanmasdan tanbeh berib, uning qo‘liga urgan. Shu kuni o‘quvchining onasi maktabning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘.Abdullayevga farzandi bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan shikoyat qilgan.

Maktabning O‘TIBDO‘ G‘.Abdullayev sinf rahbari va o‘quvchining onasi bilan suhbatlashgan. Suhbat yakunida o‘quvchining onasi ushbu holat yuzasidan e’tiroz bildirmasligini ma’lum qilib, maktab rahbariyatiga boshqa murojaat qilmagan.

Lekin o‘quvchining buvisi OAVga murojaat qilishi natijasida, 1 aprel kuni jurnalistlar maktabga kelib, holat yuzasidan surishtiruv olib borgan.

Sodir bo‘lgan holat maktabning pedagogik jamoasi o‘rtasida 2019 yilning 1 aprel kuni o‘tkazilgan ishlab chiqarish yig‘ilishida muhokama etildi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi N.T. bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. O‘quvchi A.A. onasi D.Kadirovaning arizasiga ko‘ra 2-«V» sinfidan 2-«B» sinfiga o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring