Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilari bilimi xalqaro kompaniya ko‘magida baholanadi

O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilari bilimi xalqaro kompaniya ko‘magida baholanadi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

13-fevraldagi O‘zbekiston-Shvetsiya biznes-forumida Xalq ta’limi vazirligi va «EF Language Learning Solutions» kompaniyasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda tomonlar chet tili o‘qituvchilariga ingliz tilini bepul o‘qitish hamda ularning bilimlarini baholash sohasida hamkorlik qiladi.

Muzokaralar chog‘ida «EF Language Learning Solutions» kompaniyasi yurtimiz o‘qituvchilarini ingliz tili bo‘yicha sinovdan o‘tkazish, ularning bilim darajasini aniqlash hamda ushbu test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganlarni Yevropa va Amerika oliy o‘quv yurtlariga o‘qish va malaka oshirish uchun yuborishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, kompaniya O‘zbekistondagi o‘qituvchilarga IELTS va TOEFL uchun mos keluvchi, xalqaro miqyosda tan olingan «EF Standard English Test» ta’lim sertifikati asosida ingliz tilini o‘rgatish taklifini kiritgan. Hamkorlikning keyingi yo‘nalishi sifatida mamlakatimizda «Ta’lim darajasini milliy baholash» platformasining joriy etilishi belgilangan.

Shu bilan birga Shvetsiya kompaniyasi yurtimiz iqtisodiyotining strategik tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring