Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inha universiteti rektori talabalar bilan «ochiq muloqot» o‘tkazdi

Inha universiteti rektori talabalar bilan «ochiq muloqot» o‘tkazdi

27-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida rektor Muzaffar Jalolov bilan «Ochiq muloqot» bo‘lib o‘tdi, unda talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri turli mavzularda savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Uchrashuvda 70 dan ortiq talabalar ishtirok etdilar va o‘z savollari bilan rektor Muzaffar Jalolovga shaxsan murojaat qildilar. Shuningdek, tadbirdan bir necha kun oldin rektorga yuborilgan talabalar murojaatlariga javob berildi. Hammasi bo‘lib, universitet faoliyatining turli sohalariga tegishli 50 ga yaqin savollar kelib tushdi.

Birinchi navbatda M.Jalolov 2021-2022 o‘quv yilida ta’lim shakli bilan bog‘liq savollarga javob berdi. Xususan, Inha rektori ta’lim an’anaviy shaklda bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, rektor Inha universitetining kelgusida qanday rejalari borligini aytdi. Xususan, kadrlarni qayta tayyorlash, dasturlash kurslarini ochish, shuningdek talabalarga ta’lim berish sharoitlarini optimallashtirish kabi rejalar qo‘yilganligi aytildi.

Bundan tashqari, «ochiq muloqot» paytida talabalar bir qancha takliflarini aytdilar, hamda ularga takliflar inobatga olinib ko‘rib chiqilishi aytildi.

Xulosa qilib aytganda, universitet rahbariyati va Inha talabalari bunday uchrashuvlarni «ochiq muloqot» formatida muntazam o‘tkazishga tayyor yekanliklarini bildirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring