Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident maktablariga qabul kunlari va kirish imtihoni tartibi ma’lum qilindi

Prezident maktablariga qabul kunlari va kirish imtihoni tartibi ma’lum qilindi

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida  Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova Prezident maktablariga qabul jarayonlari va kirish imtihonlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufida 16 maktab ta’lim jarayonini olib bormoqda. Ulardan 4 tasi Prezident maktabi, 9 tasi ijod maktabi, 3 tasi ixtisoslashtirilgan maktab.

Joriy o‘quv yilidan yana 10 ta yangi Prezident maktabi Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Qashqadaryo, Andijon, Guliston, Navoiy, Termez, Nurafshon shaharlarida ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun: hozirga qadar Toshkent shahri, Namangan, Xiva va Nukus shaharlarida Prezident maktablari faoliyat ko‘rsatayotgan edi.

Bu yil Prezident maktablariga qabul jarayoni 5 iyundan 25 iyunga qadar, ya’ni ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bo‘ladi. Kirish imtihonlari 2 bosqchidan iborat bo‘lib, birinchi saralash bosqichi 20-25 iyulda, ikkinchi yakuniy imtihonlar 20-23 avgustda bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan o‘quv yilida pandemiya sabab kirish imtihonlari bo‘lmadi. Joriy yilda 10 ta hududda 5 sinfdan 9 sinfgacha, qolgan 4 ta maktabda 5-6 sinflar uchun qabul bo‘ladi.

Bu yil hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Talabgor platforma orqali  ota-onasi yordamida hujjatlarni to‘ldirishi kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring