Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sana e’lon qilindi

Koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sana e’lon qilindi

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 2021-yil 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Unda quyidagi toifadagi abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi:

test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37ºC dan yuqori ekanligi aniqlangan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar;

16-avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qo‘shimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar.

Qayta tashkil etilgan test sinovlarida ham tana harorati 37ºC dan yuqori ekanligi aniqlangan yoki koronavirusdan to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish hududi sifatida o‘zlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etadi.

Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tegishli ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng 21-avgust kunidan boshlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring