Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalla xodimlariga o‘qishga kirishda imtiyoz berilmoqda. Asl muddao nima?

Mahalla xodimlariga o‘qishga kirishda imtiyoz berilmoqda. Asl muddao nima?

Foto:«Xabar.uz»

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab mahalla xodimlari uchun sirtqi ta’limga o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyoz berish bo‘yicha Hukumat qarori doirasida turli fikr-munozaralar kuzatilmoqda.

Xo‘sh, aslida, qaror mohiyatan nimani nazarda tutadi? Adliya vazirligi mazkur holatga izoh berib o‘tdi. 

Birinchidan, berilayotgan mazkur imtiyoz barcha OTMlarga o‘tmaydi, qolaversa barcha yo‘nalishlarga nisbatan ham tatbiq etilmaydi.

Ya’ni, mahalla xodimlari uchun pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi OTMlarda faqat «5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishida sirtqi o‘qish imkoniyati berilmoqda.

Ikkinchidan, ushbu yo‘nalishga imtiyozli ravishda qabul qilingan mahalla xodimlarining o‘qishini boshqa yo‘nalishga ko‘chirishiga ruxsat berilmaydi.

Uchinchidan, bu – mahalla xodimlari (hatto tavsiyanoma olganlari ham) o‘qishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi degani emas. Boshqacha aytganda, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lib turib ham, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tilmasa, mahalla organlari xodimlari talabalikka tavsiya etilmaydi.

To‘rtinchidan, bu bo‘yicha murojaat qilgan har bir mahalla xodimi tavsiyanomali bo‘lib qolmaydi.

Ya’ni, tavsiyanoma olishning belgilangan mezonlari bor. Buning uchun mahalla xodimi:
● egallab turgan lavozimida so‘nggi 1 yil davomida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;
● mahalla tizimida kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
● faoliyat yuritayotgan mahalla organi reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha «namunali» deb topilgan bo‘lishi kerak.

«Qolaversa, mahalla xodimi ijobiy tavsiflanganmi, ish faoliyati ijobiy baholanganmi, unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaganmi – shular ham tavsiyanoma berishda inobatga olinadi» - deyiladi Adliya vazirligi ma’lumotida.


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring