Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada o‘zbek tili bo‘yicha ta’lim beruvchi qo‘llanma chop etildi

Moskvada o‘zbek tili bo‘yicha ta’lim beruvchi qo‘llanma chop etildi

Joriy yilning dekabr oyida Moskvadagi «Prometey» nashriyotida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti «Tarjimashunoslik» kafedrasi mudiri va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari institutining yetakchi olimlari hamkorligida rus tilida ta’lim oluvchi talabalar uchun «Uzbekskiy yazik (uchebnoye posobiye s oporoy na prakticheskiy perevod tekstov)» nomli o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqdi.

Lomonosov nomidagi MDU OAMI Markaziy Osiyo va Kavkaz kafedrasi mudiri tahriri ostida nashr etilgan mazkur kitob Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridagi filologiya va tarjimashunoslik ta’lim yo‘nalishlarida o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, RF TIV Diplomatiya akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik institutining yetakchi olimlari tomonidan sharq tillarini o‘qitish uslub va metodlarini umumlashtirish asosida yaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring