Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda Al-Beruniy nomidagi xalqaro qizlar maktabi ochildi

Namanganda Al-Beruniy nomidagi xalqaro qizlar maktabi ochildi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Namangan yoshlar markazida Al-Beruniy nomidagi xalqaro qizlar maktabining tantanali ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tadbir davomida Al-Beruniy maktabining imkoniyatlari, undagi o‘qitish va ta’limni tashkil etish jarayonlari, xorijiy tajriba va amaliyot bilan bog‘liq jihatlar, xalqaro hamkorlik, xususan, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot hamda ularning samaralari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Poytaxtdan keyin ikkinchi bo‘lib Namanganda tashkil etilayotgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro qizlar maktabida darslarni xorijiy davlatlarda ta’lim olgan, malakali va tajribali o‘qituvchilar olib boradi. Qizlarning barcha zamonaviy fanlarni mukammal egallashi uchun jahonning rivojlangan davlatlaridagi kabi qulayliklar yaratiladi. Bundan tashqari, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda xoreografiya, san’at, madaniyat, notiqlik mahorati kabi o‘nlab yo‘nalishlari bo‘yicha saboq beriladi.

Namangan shahrida tashkil etilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro qizlar maktabiga joriy o‘quv yilida 1-sinfdan 11-sinfgacha jami 220 nafar qizlarni qabul qilish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda iste’dodlar ilm maskaniga qabul jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring