Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nukusda bir yo‘la 3 ta OTM filiali tashkil etildi

Nukusda bir yo‘la 3 ta OTM filiali tashkil etildi

Hukumat qarorlari bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali tashkil etildi.  Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi. 

Qaror bilan mazkur filiallarning tuzilmasi hamda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlandi.

2019–2020 o‘quv yilida filiallarga 50 nafardan talaba qabul qilinadi.

«2020–2021 o‘quv yilidan boshlab esa mazkur filiallarga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi» deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring