Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OTMlarda kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi

OTMlarda kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018-yil 5-oktyabrdagi 11-sonli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarida kontraktni to‘lash muddatlari uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasiga 2018/2019-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati 2018-yilning 31-oktyabriga qadar uzaytirildi.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018/2019-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddatini joriy yilning 15-noyabriga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring