Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OTMlarga o‘rtacha kirish ballari ma’lum qilindi

OTMlarga o‘rtacha kirish ballari ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Ma’lumki, bugun soat 15:00dan boshlab mandat natijalari e’lon qilina boshlandi. 

DTM xabariga ko‘ra, respublika OTMlari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (o‘tgan yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga ko‘p).

Shundan:

- davlat granti asosida – 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1%) abituriyent (2019 yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga ko‘p);

- to‘lov-kontrakt asosida – 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9%) abituriyent (2019 yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga ko‘p) talabalikka tavsiya etildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

- davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni;

- to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida minimal o‘tish bali – 68,0 ball, to‘lov-kontrakt asosida minimal o‘tish bali – 56,7 ball etib belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring