Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda birinchi «ASPEX BI SCHOOL» BI tahlilchilar maktabi ochildi

O‘zbekistonda birinchi «ASPEX BI SCHOOL» BI tahlilchilar maktabi ochildi

Foto: Inha universiteti

Joriy yilning 5 mart kuni Toshkentdagi Inha universitetida O‘zbekistondagi birinchi «ASPEX BI SCHOOL» tahlilchilar maktabining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

«ASPEX» – Qozog‘iston IT-bozorida raqamli ma’lumotlarni avtomatlashtirish, to‘plash va qayta ishlash, biznes-tahlil, tadrijiy hisobotlar va prognozlar sohasida yetakchi hisoblanadi.

Tadbir doirasida Toshkentdagi Inha universitetining iqtidorli talabalariga grantlar ajratish nazarda tutilgan holda, BI tahlilchilarni tayyorlash bo‘yicha uch oylik yozgi kurslarni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

«ASPEX BI SCHOOL»da uch oy davomida kompaniyalarning ma’lumotlar massivi bilan ishlovchi va tahliliy hisobotlar tayyorlovchi Full-stack BI tahlilchilari tayyorlanadi. O‘qish davomida Power BI bilan qulay tarzda ishlash imkonini taqdim etuvchi birinchi grafikni yaratishdan tortib, eng yangi ilg‘or texnikalardan foydalanishga qadar turli mavzularni qamrab olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring