Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda maktab direktorlari ota-onalar va o‘quvchilar tomonidan saylanadi

O‘zbekistonda maktab direktorlari ota-onalar va o‘quvchilar tomonidan saylanadi

Foto: «13-dimi.uz»

Avvalroq Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida tashkil etilgan press-brifingda «Xabar.uz» muxbiri maktablarda direktorlarni saylash tizimi joriy etilishi masalasida qanday yangilik bo‘lishi bilan qiziqqan edi.

«Kun.uz»ning hukumatdagi manbaga tayanib xabar berishicha, O‘zbekistonda maktab direktorlarini saylaydigan Kuzatuv kengashlari paydo bo‘ladi.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi rejalariga ko‘ra, kengashlar faol ota-onalar va maktabning muvaffaqiyatli bitiruvchilaridan shakllantiriladi. «Kuzatuv kengashlari Xalq ta’limi vazirligi tavsiyasiga ko‘ra direktorlarni tanlash, maktabning budjet va nobudjet mablag‘lari, jumladan direktor jamg‘armasini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ladi», deb aytilgan xabarda.

Yana bir muhim o‘zgarish islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida XTV boshqaruv idoralari strukturasini qayta ko‘rib chiqish bo‘ladi. Xalq ta’limi vaziri vazirlik strukturasiga umumiy miqdor doirasida o‘zgartirishlar kiritish va xalq ta’limi sohasidagi barcha masalalar bo‘yicha yechim qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. Jumladan, vazir Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, ishchilarni rag‘batlantirish, xalq ta’limi sohasidagi xarajatlar smetasini mustaqil shakllantirish huquqiga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring