Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik 20 nafar yosh olim Hindistonning yetakchi universitetlarida tajriba oshiradi

O‘zbekistonlik 20 nafar yosh olim Hindistonning yetakchi universitetlarida tajriba oshiradi

Foto: Innovatsion rivojlanish vaziri matbuot xizmati

28-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Savdo sanoat palatasi raisi Adham Ikromov hamda boshqa vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat delegatsiya Hindistonning Dehli shahrida qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar oyida yurtimizning 20 nafar yosh olimi Hindistonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlarida qisqa muddatli stajirovkalar o‘tashlariga kelishildi. Stajirovkalar Hindistonning Ilm-fan va texnologiyalar vazirligi bilan hamkorligida tashkil etiladi. Mazkur tajriba yosh olimlarning hind ilmiy yutuqlarini o‘rganish, Hindiston ilmiy markazlari va universitetlari laboratoriyalarida tadqiqotlar olib borish hamda kelgusida qo‘shma loyihalarni olib borish uchun zamin yaratishi kutilmoqda.

Stajirovkalar dasturining ilk qatnashchilari 3 ta yo‘nalish — biotexnologiyalar, bio xilma-xillik va genetika; Katta ma’lumotlar (Big Data) va farmatsevtika sohalarida o‘z bilimlarini oshirish, tajriba almashishlariga sharoitlar yaratiladi.

Innovatsion rivojlanish vaziri, shuningdek, sun’iy intellekt sohasida faoliyat yuritayotgan hindistonlik ishbilarmonlar bilan ham uchrashib, ularning innovatsion mahsulotlarini vazirlikning yangi qurilayotgan binosida joriy qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Hindistonlik hamkorlar O‘zbekiston bilan hamkorlik istiqbollariga yuqori baho berib, texnologiyalar transferi ikkala mamlakatning innovatsiyalar sohasidagi o‘zaro manfaatli aloqalariga xizmat qilishini ta’kidladilar.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring