Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pandemiya  paytida maktablarni yopmagan Shvetsiya to‘g‘ri qildi — ombudsmen

Pandemiya  paytida maktablarni yopmagan Shvetsiya to‘g‘ri qildi — ombudsmen

Foto: «Swedenru.com»

Shvetsiyaning koronavirusga qarshi kurash strategiyasi ko‘plab tanqidlarga uchrayotganidan xabardormiz. Qattiq cheklovlar joriy etilmasligi oqibatida shvedlar koronavirus tarqashi bo‘yicha nafaqat qo‘shnilaridan ilgarilab ketdi, balki jahonda ham eng oldingi o‘rinlarga chiqdi.

Shvetsiyada salkam 75 ming kishi koronavirusga chalingan, qurbonlar soni 5,5 ming nafardan oshgan.

Biroq pandemiya sharoitida Shvetsiya hamma ham eplay olmagan ishni qildiki, bugun buni e’tirof etmaslik mumkinmas — maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bir zum ham to‘xtamadi. Bu haqda «Regnum» yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bahorning ilk oyidan Yevropaning aksariyat mamlakatlari koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish uchun qattiq choralar ko‘rishga kirishdi: odamlar uylaridan chiqishi taqiqlandi, komendantlik soatlari va favqulodda holatlar joriy etildi. Biroq «oqimga qarshi suzish»ga qaror qilgan Shvetsiya hukumati fuqarolariga tavsiyalar berish bilan cheklandi, xolos.

Mamlakatda faqat 50 kishilikdan katta tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi. Gimnaziyalar, kollejlar, universitetlar, maktablarning yuqori sinflarida darslar to‘xtatildi. Bolalar bog‘chalari va boshlang‘ich sinflardagi darslar esa, Jamoat salomatligi agentligi tavsiyalariga rioya qilingan holda, davom ettirildi. Bolalarning ta’lim va tarbiya olish jarayoni uzilib qolmadi.

Shvetsiyadagi bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsmen Elizabet Dalinning fikricha, ushbu qaror to‘lig‘icha o‘zini oqladi. Bolalar taqdiri haqida qanchalik qayg‘urishini mamlakat shu tarzda dunyoga isbotladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring