Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident sirdaryolik qizga nima uchun fan doktori unvoni berilganini izohladi

Prezident sirdaryolik qizga nima uchun fan doktori unvoni berilganini izohladi

Videolavhadan skrinshot

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31-avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tgan marosimda nutq so‘zlagani haqida xabar berilgandi.

Prezident Sardoba toshqinida ilmiy yozmalarini yo‘qotgan sirdaryolik yosh olimaga nima uchun doktorlik darajasi istisno tariqasida berilganiga izoh berdi.

«Gender tenglik deb ko‘p va balandparvoz gapiryapmizu, lekin o‘qishga kirishda qiz bolalarning imkoniyatlari kam, zabardast yigitlarimiz ko‘proq kiryapti. Ayniqsa, chekka qishloqlarda bilimli qizlar qolib ketyapti. Men nima uchun sirdaryolik qizimizga fan doktori unvonini berdim? Chunki uning ko‘zida nur, ertangi kunga ishonchni ko‘rdim. Bunday qizlar yurtimizda kam emas», – dedi prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring