Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident stipendiyasi g‘oliblariga guvohnomalar topshirildi

Prezident stipendiyasi g‘oliblariga guvohnomalar topshirildi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Alisher Berdiyev tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan edi.

8-aprel kuni stipendiantlarga «Prezident stipendiyasi guvohnomalari» tantanali tarzda topshirildi.

Alisher Berdiyev 2006-2010-yillarda Toshkent axborot texnologiyalar universitetining «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye» fakulteti bitiruvchisi. 2010-2012-yillarda universitetni a’lo baholar bilan tugatib, magistr darajasiga erishgan.

2014-yilda Janubiy Koreyaning Seul milliy fan va texnologiyalari universiteti, 2019-yilda Avstriyaning Klagenfurt universiteti tinglovchisi bo‘lgan.

2020-yil 24-sentyabrda Prezident stipendiyasi tanlovida ishtirok etish uchun nomzod sifatida tavsiya etilgan edi.

Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya o‘tkazgan suhbat jarayonida eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod sifatida topildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring