Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon maktablarida ishlovchi 25-35 yoshli xotin-qizlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga taklif etildi

Andijon maktablarida ishlovchi 25-35 yoshli xotin-qizlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga taklif etildi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda ishlovchi 25-35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida ro‘yxati yuritilishiga oid ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘layotgan ushbu ro‘yxat bo‘yicha yuzaga kelgan savollarga javob berdi.

«O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi mazkur voqelikni jiddiy o‘rganib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu ro‘yxat Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilishda suhbatga chaqirish uchun tuzilgan bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ayol xodimlar, xususan, pedagoglar sonini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Ro‘yxatda qayd etilgan ayollar roziligi olingan holda suhbatga yuborilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlashni xohlamaganlar esa ro‘yxatdan o‘chirilgan va suhbatga chaqirilmagan.

Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mazkur ro‘yxatning tuzilishiga mutlaqo aloqasi yo‘qligiga qaramay, jamoatchilik oldida mas’uliyatni his qilgan holda, tegishli idoralar bilan birgalikda yuqoridagi savollarga javob izladi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi ushbu ro‘yxatdagi ayollar masalasida aholining vahimaga tushishiga o‘rin yo‘q deb hisoblaydi», — deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring