Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: talabalar uchun qishki ta’til vaqti ma’lum qilindi

Rasman: talabalar uchun qishki ta’til vaqti ma’lum qilindi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari va akademik litsey hamda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 2019-2020 o‘quv yili qishki ta’til davri 2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargacha etib belgilandi. Bu haqda vazirlik o‘z kanalida rasman ma’lum qildi. 

2019-yilning 22-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan talabalar va o‘quvchilarning o‘zi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun qishki ta’til muddati o‘zgartirildi.

Bu haqda tegishli qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga ketadigan talaba va o‘quvchilarning qishki ta’til paytida doimiy yashash joylariga borib-kelishlari uchun qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 16-dekabridan 22- dekabr kuniga qadar hamda 2020-yilning 1-yanvaridan 6 yanvariga qadar 50 % chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvini yo‘lga qo‘yiladi.

2020-yil 6-yanvar - dushanba o‘qishning birinchi kuni etib belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring