Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev yoshligida voz kechgan orzusi haqida gapirdi

Rasul Kusherbayev yoshligida voz kechgan orzusi haqida gapirdi

Foto: Institut matbuot xizmati

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev bilan onlayn muloqot o‘tkazildi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

Zoom orqali tashkil etilgan «Yoshlar parlamenti, qonunchilikda yoshlarga oid islohotlar» mavzusidagi muloqotni institut rektori O‘ktam Umurzoqov ochib berdi.

Suhbatda 400 dan ortiq ishtirokchi qatnashishdi hamda bu muloqot bir vaqtning o‘zida Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirda uzatildi. Suhbat samimiy, mulohazali va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Unga  institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Choriyev, institut faol yoshlari jamoasi a’zolari A.Berdimurodov, D.Akbarov, U.Manzirboyevlar moderatorlik qilishdi.

Rasul Kusherbayev dastlab Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi ish jarayoni bilan o‘rtoqlashdi. Har bir sohada muhim o‘zgarishlar qilish uchun, har bir shaxs o‘z hayotida keskin qarorlar chiqarishi zarur. R.Kusherbayev yoshligida uchuvchi bo‘lishni orzu qilgani, ammo bir filmdan ta’sirlanib, o‘z fikrini o‘zgartirgani va bor bilim salohiyatini xalq manfaatlari yo‘lida safarbar qilishga qaror qilganini so‘zlab berdi.

Keyin esa interaktiv savollarga navbat berildi. Moderatorlar tomonidan talabalarning va ishtirokchilarning Yoshlar parlamenti, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ta’lim tizimiga doir savollari berildi. Rasul Kusherbayev savollarning har biriga javob berib o‘tdi. Yoshlar Parlamenti ish faoliyatiga alohida to‘xtalib, yuzaga keladigan qiyinchiliklar va yoshlarga yaratib beriladigan imkoniyatlar yuzasidan o‘z xulosalarini bildirdi.

Yoshlar parlamentidagi vakillar, albatta, o‘z tuman va shaharlaridagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni bizga va Senat minbariga qo‘rqmasdan olib chiqishiga ishonaman deb o‘z so‘zini yakunladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring