Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi Rossiya va O‘zbekistonda berilgan ta’lim, malaka va ilmiy darajalar o‘zaro tan olinadi

Endi Rossiya va O‘zbekistonda berilgan ta’lim, malaka va ilmiy darajalar o‘zaro tan olinadi

Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

2019 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida Bitim Urganch shahrida imzolandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabar berdi.

Bitimni imzolash O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati nomidan Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Grigoriy Trubnikovlar tomonidan amalga oshirildi.

Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va har ikkala Davlatda berilgan ta’lim, malaka va ilmiy darajalar o‘zaro tan olinadi. Bitimning imzolanishi va kuchga kirishi natijasida ikkala davlat fuqarolari uchun bir qator qulayliklarni keltirib chiqaradi. Eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasida berilgan ta’lim hujjatlarining Rossiya Federatsiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishiga olib keladi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasidagi ta’lim muassasalarida ta’lim olishlariga va mehnat bozorida faoliyat yuritishiga yo‘l ochadi.

Mazkur Bitim Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq Tomonlar davlatlarida ta’limni davom ettirish va mutaxassislik faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida olingan ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olishni tartibga soladi.

Ushbu Bitim orqali Rossiya Federatsiyasida olingan, o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan bakalavr diplomi bilan tasdiqlangan oliy ta’lim va O‘zbekiston Respublikasida olingan, o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan bakalavr diplomi bilan tasdiqlangan oliy ta’lim mos ravishda tan olinadi.Oliy ta’limda kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib olinadigan hujjatlar o‘zaro tan olinishi belgilanmoqda. Ya’ni, ta’lim sifatini kafolatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasidagi ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qib olingan hujjatlar tomonlarning qonunchiligida belgilangan tartibda tan olinishi va nostrifikatsiyadan o‘tkazilishi amaliyoti saqlab qolinmoqda.

So‘nggi yillardagi statistik ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining 28 000 ming nafar fuqarolari Rossiya Federatsiyasining ta’lim muassasalarida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishmoqda. Shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni davom ettirish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish yoki kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishllari uchun shahodatnoma, attestat, diplom kabi ta’lim hujjatlarini nostrifikatsiyadan o‘tkazishlari talab etilar edi. Rossiya Federatsiyasidagi ta’lim hujjatlarini tan olish bilan shug‘ullanuvchi Glavekspertsentr tashkiloti fuqarolar tomonidan bo‘ladigan murojaatlarni 45 kun davomida ko‘rib chiqishi, talabgorlarning Moskvaga borib kelish, bir yarim oy ariza javobini kutishi va to‘lovlar uchun qancha sarf xarajatlar kabi ovoragarchiliklar kuzatilar edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring