Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida xalqaro universitet qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi (foto)

Sergelida xalqaro universitet qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi (foto)

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Bugun, 17 sentyabr poytaxtimizning Sergeli tumanida «Minerva World of Knowledge» xalqaro universiteti qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi.

Ushbu marosimda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, «Minerva World of Knowledge» loyiha rahbari Murali Lal Jalan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

Tadbirda xorijiy investorlar loyiha taqdimotini ham o‘tkazdilar. Ma’lum qilinishicha, bu yerda 10 000 dan ziyod talabaga mo‘ljallangan, xorijning nufuzli  oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlovchi universitet quriladi.

Asosiy bino 2021 yilning sentyabrida qurib bitkaziladi va keyin 5 yil davomida boshqa kampuslari, sport majmuasi, kutubxonasi va talabalar turar joylari bunyod etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring