Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shanxay universitetida o‘zbek tili bakalavr dasturi ochildi

Shanxay universitetida o‘zbek tili bakalavr dasturi ochildi

Foto:«Xabar.uz»

16-17-noyabr kunlari Shanxay xalqaro tadqiqotlar universitetida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi va o‘zbek tili bakalavr dasturi ochildi. Bu haqda O‘zbek tili va adabiyoti universiteti matbuot xizmati xabar qildi. 

Mazkur tarixiy voqea doirasida o‘zbek madaniyati haftaligi ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirning faxriy mehmoni, shuningdek asosiy tashkilotchilardan biri bo‘lgan ToshDO‘TAU rektori Shuxrat Sirojiddinov, hamda O‘zbekiston tomonidan - Shanxay Hamkorlik Tashkiloti raisi Vladimir Norov ishtirok etdilar. 17-noyabr kuni «Buyuk Ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat»  IV xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi va mazkur anjumanda rektor Shuhrat Sirojiddinov «O‘zbek adabiyotida tarjimaning mohiyati to‘g‘risida» maqolasi bilan nutq so‘zladi.

Bundan tashqari, ShXTU Alisher Navoiyning xitoy tiliga tarjima qilingan kitoblari to‘plamini taqdim etdi. Shuni ta’kidlash lozimki, Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti ToshDO‘TAUning asosiy hamkorlaridan biridir. Bunga isbot sifatida o‘zbek tilini o‘rganayotgan bir necha talabalar guruhini misol keltirish maqsadga muvofiq. Ushbu guruhlarda o‘zbek tili o‘qituvchisi sifatida - ToshDO‘TAUning o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Mardon Rahmatov faoliyat yuritmoqda. Universitetlarning ushbu hamkorligining muhimligini tasdiqlaydigan yana bir dalil - ShXTU binosining hovlisida o‘rnatilgan Alisher Navoiy haykalidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring