Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rekord. Surxondaryoda 80 yoshli otaxon OTMga hujjat topshirdi (video)

Rekord. Surxondaryoda 80 yoshli otaxon OTMga hujjat topshirdi (video)

Angor tuman Davlat xizmatlari markazi orqali 80 yoshli otaxon Sultonov To‘xtamish bobo oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi.

To‘xtamish bobo Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining davolash va pediatriya ishi  va Samarqand davlat universitetining Biologiyani o‘qitish metodikasi yo‘nalishini tanlagan. 

Ushbu abituriyent shunday qilib O‘zbekistondagi eng yoshi ulug‘ da’vogarga aylandi. Avvalroq, Farg‘onada 72 yashar, Jizzaxda 66 yoshli fuqaro OTMga hujjat topshirgani ma’lum bo‘lgandi.

Ayni damda Surxondaryo viloyatidagi barcha davlat xizmatlari markazlari 15 iyul kuniga qadar 24 soatlik ish kunida faoliyat olib bormoqda. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirish istagi borlar viloyatning barcha DXMlari orqali o‘z yumushlarini bitirishlari mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring