Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Talabalar uchun stipendiya tanloviga start berildi

Talabalar uchun stipendiya tanloviga start berildi

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida respublika miqyosida talabalar uchun «REGISTON STIPENDIYASI — 2023» tanlovi o‘tkaziladi.

Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan bakalavr bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 30 aprelga qadar onlayn shaklda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

3 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra g‘oliblar «Registon stipendiyasi sohibi» maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

Batafsil ma’lumot: @registon_stipendiya_bot

TANLOV NIZOMI

Ma’lumot o‘rnida, ushbu stipendiya xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring